Mazkur malaka talabi “Davolash ishi” mutaxassiligi (kasbi) bo‘yicha kadrlartayyorlashning zaruriy bilimlar mazmuni va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablarni va pirovard maqsadlarini, shuningdek ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilishi nazoratini belgilaydi.
Malaka talabi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va kasbiy kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga professional ta’limning tegishli darajasini olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka talabi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati sub’ektlari tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbiq etilishi majburiydir.
Ushbu malaka talabi “Davolash ishi”mutaxassisligining Q01.019.1188/Б-2 tasdiqlangan kasbiy standart talablari asosida ishlab chiqildi.
Ta’lim dasturi quyidagilarga mo‘ljallangan:
- mehnat bozori va professional ta’lim sohasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish;
- kasb yoki mutaxassislikka o‘qitishga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- o‘quv reja va uning tarkibiy qismiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- fan (modul)lar va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- o‘qitish natijalarini baholash;
Ta’lim dasturining asosiy foydalanuvchilari:
- professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari;
- korxona (tashkilot)lar rahbarlari va tegishli mutaxassislari;
- kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash sohasidagi
