Mazkur ta’lim dasturi professional ta’lim muassasalarida Hamshiralik ishi mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlashda umumiy va kasbiy kompetensiyalari, o’qitish natijalari, o’quv reja va modullariga qo’yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilarning o’quv yuklamalari hajmini hamda bitiruvchilarni belgilangan talablarga javob berishini nazoratini belgilaydi.

Ta’lim dasturi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni va kasbiy kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga professional ta’limning tegishli darajasini olganligi to’g’risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.

Ta’lim dasturi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati sub’yektlari tomonidan, idoraviy bo’ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tatbiq etilishi majburiydir. Ushbu ta’lim dasturi Hamshiralik ishi Q01.019.1178/Б-21 3225 19.01.2021 № 19-ИЧ. tasdiqlangan kasbiy standart talablari asosida ishlab chiqildi.

Ta’lim dasturi quyidagilarga mo’ljallangan:

  • mehnat bozori   va    professional   ta’lim   sohasi   o’rtasidagi   o’zaro munosabatlarni tartibga solish;
  • kasb yoki mutaxassislikka o’qitishga qo’yiladigan talablarni belgilash;
  • o’quv reja va uning tarkibiy qismiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
  • fan (modul)lar va uning mazmuniga qo’yiladigan talablarni belgilash;
  • o’qitish natijalarini baholash;

Ta’lim dasturining asosiy foydalanuvchilari:

  • professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari;
  • korxona (tashkilot)lar rahbarlari va tegishli mutaxassislari;
  • kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash sohasidagi