Mazkur malaka talabi “Tibbiy radiologiya” mutaxassiligi (kasbi) bo‘yicha kadrlartayyorlashning zaruriy bilimlar mazmuni va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablarni va pirovard maqsadlarini, shuningdek ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilishi nazoratini belgilaydi.
Malaka talabi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va kasbiy kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi.
Tibbiy radiologiya – bu talabalarga an’anaviy va raqamli rentgen tekshiruvi, ultratovush tekshiruvi, kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya usullari kabi yangi tibbiy tasvirlash texnologiyalaridan foydalangan holda patologik jarayonlarni aniqlashni o’rgatadigan fan bo’lib, birlamchi bosqichlarda uchraydigan kasalliklarni tashxislashda radionuklid diagnostikasi. sog’liqni saqlash, so’rov protokollarini sharhlash va tahlil qilish. Mutaxassislarga to‘g‘ri yo‘naltirilgan holda oila shifokorining malaka tavsiflari va davlat standartlariga muvofiq bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Malaka talabi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati sub’ektlari tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbiq etilishi majburiydir.
Ushbu malaka talabi “Tibbiy radiologiya” mutaxassisligining Q01.019.1188/Б-2tasdiqlangan kasbiy standart talablari asosida ishlab chiqildi.
Ta’lim dasturi quyidagilarga mo‘ljallangan:
- mehnat bozori va professional ta’lim sohasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish;
- kasb yoki mutaxassislikka o‘qitishgaqo‘yiladigan talablarni belgilash;
- o‘quv reja va uning tarkibiy qismiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- fan (modul)lar va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- o‘qitish natijalarini baholash;
Ta’lim dasturining asosiy foydalanuvchilari:
- professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari;
- korxona (tashkilot)lar rahbarlari va tegishli mutaxassislari;
- kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash sohasidagi
