Paxtachi tibbiyot texnikumi xalqaro hamkorlik yoʻlida

Kuni kecha 18-dekabr kuni Oʻzbekiston respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi Fan va taʼlim boshqarmasi hamkorligida, Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro aloqalar boʻlimi va Paxtachi Abu Ali ibni Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan birgalikda Amerika qoʻshma shtatlari Vashington shahrida joylashgan  Capella universiteti, INOVA tibbiyot kolleji bilan birgalikda qoʻshma taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ZOOM konferensiya tadbiri oʻtkazildi.

Unda AQSHning Capella Universitetining Anesa Doyle, Lisa Kreeger,  Selina Matis, NOVA kolleji Syedur Rahman, Sharon N.Robertson, Shimoliy Virginia Community kolleji Leslie Loa, Jacob Amann va Akman kabi tibbiyot olimlari muloqotda ishtirok etishdi.

Kelgusi 2024 yil hamkorlik rejalari belgilab olindi.