“WORLDSKILLS SAMARKAND-2025” V milliy ishchi kasblar chempionati ochilish marosimi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Worldskills Uzbekistan” ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assosiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazir oʻrinbosari Shohrux Daliyev va boshqalar soʻzga chiqib ishtirokchilarga omad tiladilar.

Dastur soʻngida qatnashchilarga madaniy hordiq sifatida konsert namoyish etildi.